Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 181 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 181 • Oʻzbekcha


فَمَنْ بَدَّلَهُ بَعْدَمَا سَمِعَهُ فَإِنَّمَا إِثْمُهُ عَلَى الَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 181
Tarjima:
Kim uni eshitgandan so`ng o`zgartirsa, bas, gunohi faqat o`zgartirganlarning o`ziga bo`ladir. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir. Baqara 2:181
Tafsir:
Endi kim vasiyatni oʻzgartirib, kamaytirib yo koʻpaytirib yuborsa yoki uni umuman yashirsa, gunoh vasiyat qiluvchining emas, oʻsha oʻzgartirib yuborganlarning gardaniga tushadi. Alloh bandalarining gap-soʻzlarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib-bilib turadigan Zotdir. Bironta holat U Zotning nazaridan chetda qolmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 180 Keyingi Baqara • Oyat 182