Kimki vasiyat qiluvchidan toyilish yoki gunoh sodir bo`lishidan qo`rqsa, bas, ularning orasini isloh qilsa, unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. Al-Baqarah 2:182 ⧉
Tafsir:
Kim vasiyat qiluvchining haqdan toyilayotganini yoki vasiyat borasida adolat qilmayotganini koʻrsa va uni nasihat qilib toʻgʻrilab qoʻysa, vasiyat ustida talashib-tortishayotganlarni kelishtirib, oralarini isloh qilsa, unga gunoh yoʻq. Aksincha, bu ishi uchun ajr-savob oladi. Alloh bandalarining tavbalarini qabul qiladigan, ularga Rahmli Zotdir.