Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 181)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 181

فَمَنْ بَدَّلَهُ بَعْدَمَا سَمِعَهُ فَإِنَّمَا إِثْمُهُ عَلَى الَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 181 ١٨١

Kim uni eshitgandan so`ng o`zgartirsa, bas, gunohi faqat o`zgartirganlarning o`ziga bo`ladir. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir. (181)

Tafsir
Endi kim vasiyatni oʻzgartirib, kamaytirib yo koʻpaytirib yuborsa yoki uni umuman yashirsa, gunoh vasiyat qiluvchining emas, oʻsha oʻzgartirib yuborganlarning gardaniga tushadi. Alloh bandalarining gap-soʻzlarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib-bilib turadigan Zotdir. Bironta holat U Zotning nazaridan chetda qolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin