Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 182)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 182

فَمَنْ خَافَ مِنْ مُوصٍ جَنَفًا أَوْ إِثْمًا فَأَصْلَحَ بَيْنَهُمْ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 182 ١٨٢

Kimki vasiyat qiluvchidan toyilish yoki gunoh sodir bo`lishidan qo`rqsa, bas, ularning orasini isloh qilsa, unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. (182)

Tafsir
Kim vasiyat qiluvchining haqdan toyilayotganini yoki vasiyat borasida adolat qilmayotganini koʻrsa va uni nasihat qilib toʻgʻrilab qoʻysa, vasiyat ustida talashib-tortishayotganlarni kelishtirib, oralarini isloh qilsa, unga gunoh yoʻq. Aksincha, bu ishi uchun ajr-savob oladi. Alloh bandalarining tavbalarini qabul qiladigan, ularga Rahmli Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin