Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar bandalarim sendan Meni so`rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, to`g`ri yo`lni topsalar. (186)
Tafsir
Ey Muhammad alayhissalom, bandalarim Men haqimda soʻrasalar, aytingki, Men ularga yaqinman. Ahvollarini koʻrib-bilib turaman. Duolarini eshitaman. Bu borada ular hech qanday vositachilarga ham, ovozlarini baland koʻtarib qichqirishga ham muhtoj emaslar. Duogoʻyning ixlos bilan qilgan duosini ijobat qilaman. Shunday ekan, Menga boʻysunsinlar, buyruqlarimni bajarsinlar, iymonlarida barqaror tursinlar. Duolarini ijobat qilishimning eng foydali vositasi - mana shu. Shoyad shu bilan ular diniy ishlarida ham, dunyoviy ishlarida ham rushdu hidoyat yoʻliga oʻtib olsalar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: