Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sendan hilollar haqida so`rarlar. Ular odamlar va haj uchun vaqt o`lchovidir, deb ayt. Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas, lekin yaxshilik kim taqvodorlik qilsa, shundadir. Va uylarga eshiklaridan kiring. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, najot topsangiz. (189)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizdan oyning tuzilishi va oʻzgarib turishi haqida soʻraydilar. Oyning yaratilishidagi hikmat haqida soʻzlab aytingki, oy haj oylari, ramazon va zakotdagi yilning toʻlishi kabi ibodatlarda hamda xun va qarz toʻlash muddati kabi muomala-munosabatlarda odamlarga vaqtni aniqlab beradi. Johiliyat davrida boʻlganidek, haj yoki umraga ehrom bogʻlagan kishining uyning orqa tarafidan kirishi yaxshilik hisoblanmaydi. Uyning oldi tarafidan - eshigidan kirib boraveringlar. Shunda sizlarga yengil va mashaqqatsiz boʻladi. Zero, Alloh sizlarni mashaqqat boʻladigan ishga buyurmaydi. Oʻzinglarni solih amal bilan Allohning azobidan qutqaringlar. Shoyad shunda oʻzinglar orzu qilayotgan jannatga erishib, xavfsirayotganinglar doʻzaxdan najot topsanglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: