Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Haj ma'lum oylardir. Kimki ularda o`ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo`qdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari! (197)
Tafsir
Haj mavsumi malum oylardir. Shavvol, Zul-qada va Zul-hijja oyining oʻn kuni. Kim shu oylarda oʻziga hajni farz qilib, ehrom bogʻlasa, unga ayoliga qoʻshilish va qoʻshilishga olib boradigan ishlarni qilish harom boʻladi. Zamon va makonning ulugʻligi bois bu mavsumda Alloh taologa itoatsizlik qilish oʻta ogʻir gunohdir. Unga gʻazab va xusumatga olib boradigan darajadagi talashib-tortishish ham harom qilingan. Nima yaxshilik qilsanglar, Alloh uni bilib turadi va oʻshanga yarasha mukofotlaydi. Hajni ado etish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqatlarni tayyorlab, yoʻlga hozirlik koʻringlar. Bilinglarki, eng yaxshi ozuqa Allohdan taqvo qilishdir. Bas, ey aql egalari, Mendan taqvo qilib, buyruqlarimni bajaringlar va taqiqlarimdan tiyilinglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: