Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 19

أَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَاءِ فِيهِ ظُلُمَاتٌ وَرَعْدٌ وَبَرْقٌ يَجْعَلُونَ أَصَابِعَهُمْ فِي آذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ ۚ وَاللَّهُ مُحِيطٌ بِالْكَافِرِينَ 19 ١٩

Yoki xuddi osmondan yomg`ir yog`ib, qorong`u bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, panjalarini quloqlariga tiqib, o`limdan ehtiyot bo`layotgan odamga o`xsharlar. Va Alloh kofirlarni o`rab oluvchidir. (19)

Tafsir
Suvga oid masal shuki, ular osmonni qora bulut qoplab, momaqaldiroq va chaqmoqlar bilan quyayotgan yomgʻir ostida qolib, qoʻrquv va dahshatdan esini yoʻqotayozgan, oʻlimdan qoʻrqib, momaqaldiroqning dahshatli ovozidan barmoqlarini quloqlariga tiqib olgan kimsalarga oʻxshaydilar. Alloh kofirlarni har tarafdan oʻrab olguvchidirki, ular aslo chap bera olmaslar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin