Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 200)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 200

فَإِذَا قَضَيْتُمْ مَنَاسِكَكُمْ فَاذْكُرُوا اللَّهَ كَذِكْرِكُمْ آبَاءَكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًا ۗ فَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا وَمَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ 200 ٢٠٠

Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba'zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yo`qdir. (200)

Tafsir
Haj amallarini nihoyasiga yetkazib, boʻshab qolganinglarda Allohni koʻp eslanglar, Unga sano va maqtov aytinglar. Sanoni xuddi ota-bobolaringdan faxrlanib, ularni maqtaganlaringdek, balki undan-da oʻtkazib aytinglar. Chunki sizlardagi har bir nemat Oʻsha Zotdandir. Odamlar esa har xil. Kimdir faqat shu dunyoga ishonadigan kofir, mushrik boʻlib, Robbisidan sogʻlik, mol-dunyo va farzand kabi shu dunyoning nemati va ziynatinigina soʻraydi. Bundaylarga oxiratda Alloh moʻminlarga tayyorlab qoʻygan nematlardan nasiba yoʻq. Chunki ular oxiratdan yuz oʻgirib, dunyoga mukkalaridan ketdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin