Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 204)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 204

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يُعْجِبُكَ قَوْلُهُ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيُشْهِدُ اللَّهَ عَلَىٰ مَا فِي قَلْبِهِ وَهُوَ أَلَدُّ الْخِصَامِ 204 ٢٠٤

Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor. U qalbidagi narsaga Allohni guvoh ham qiladi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchidir. (204)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, shunday munofiqlar borki, ularning tillaridan chiqayotgan gaplar bu dunyoda sizni oʻziga tortadi, juda chiroyli gapiradilar. Sizga ular xuddi rost gapirayotgandek, nasihat qilayotgandek tuyuladi. Aslida ularning maqsadi moli va jonini asrab qolish, xolos. Ular hatto qalblarida iymon va ezgulik borligiga Allohni guvoh qiladilar. Aslida esa ular musulmonlarning ashaddiy dushmanlari.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin