Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 211)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 211

سَلْ بَنِي إِسْرَائِيلَ كَمْ آتَيْنَاهُمْ مِنْ آيَةٍ بَيِّنَةٍ ۗ وَمَنْ يُبَدِّلْ نِعْمَةَ اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُ فَإِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ 211 ٢١١

Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni so`ra. Kimki o`ziga kelgan Allohning ne'matini o`zgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir. (211)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Bani Isroildan bir soʻrab koʻring-chi, Alloh taolo ularga paygʻambarlarning haqligiga dalolat qiluvchi qanchalar ochiq-ravshan hujjatlarni bayon qilib bergan ekan! Ular esa yolgʻonga chiqarish va yuz oʻgirishdan boshqani bilmadilar. Kofirlik va sarkashlik bilan Allohning nematini bilib-tanib turib oʻzgartirgan odam bilib qoʻysinki, haqiqatni yolgʻonga chiqaradigan kofirlarni Alloh juda qattiq azoblaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin