Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 211 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 211 • Oʻzbekcha


سَلْ بَنِي إِسْرَائِيلَ كَمْ آتَيْنَاهُمْ مِنْ آيَةٍ بَيِّنَةٍ ۗ وَمَنْ يُبَدِّلْ نِعْمَةَ اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُ فَإِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ 211
Tarjima:
Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni so`ra. Kimki o`ziga kelgan Allohning ne'matini o`zgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir. Baqara 2:211
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, Bani Isroildan bir soʻrab koʻring-chi, Alloh taolo ularga paygʻambarlarning haqligiga dalolat qiluvchi qanchalar ochiq-ravshan hujjatlarni bayon qilib bergan ekan! Ular esa yolgʻonga chiqarish va yuz oʻgirishdan boshqani bilmadilar. Kofirlik va sarkashlik bilan Allohning nematini bilib-tanib turib oʻzgartirgan odam bilib qoʻysinki, haqiqatni yolgʻonga chiqaradigan kofirlarni Alloh juda qattiq azoblaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 210 Keyingi Baqara • Oyat 212