Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 212 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 212 • Oʻzbekcha


زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا ۘ وَالَّذِينَ اتَّقَوْا فَوْقَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَاللَّهُ يَرْزُقُ مَنْ يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ 212
Tarjima:
Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur. Al-Baqarah 2:212
Tafsir:
Allohga kufr keltirganlarning koʻziga bu dunyo hayoti va undagi oʻtkinchi lazzatlar chiroyli koʻrinadi, ohanrabodek oʻziga tortadi. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlarni masxara qiladilar. Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyilgan taqvodorlarning martabalari esa oxiratda ulardan baland boʻladi. Zero, Alloh ularni Adn jannatlariga kiritadi. Alloh Oʻzi istagan bandasiga behisob nematlar ato etadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 211 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 213