Odamlar bir millat edilar. Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi Nabiylarni yubordi va ularga odamlar o`rtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi. U to`g`risida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan so`ng, kimga berilgan bo`lsa, o`shalargina haddan oshib qildilar. Iymon keltirganlarni haq to`g`risida ixtilof qilgan narsalarida Alloh O`z izni ila hidoyatga soladir. Alloh kimni xohlasa, to`g`ri yo`lga boshlaydir.
Al-Baqarah 2:213 ⧉