Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 214 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 214 • Oʻzbekcha


أَمْ حَسِبْتُمْ أَنْ تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُمْ مَثَلُ الَّذِينَ خَلَوْا مِنْ قَبْلِكُمْ ۖ مَسَّتْهُمُ الْبَأْسَاءُ وَالضَّرَّاءُ وَزُلْزِلُوا حَتَّىٰ يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَىٰ نَصْرُ اللَّهِ ۗ أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللَّهِ قَرِيبٌ 214
Tarjima:
Sizdan avval o`tganlarga kelganga o`xshash narsa sizlarga kelmasdan turib, jannatga kiramiz, deb o`yladingizmi? Ularni balo va musiybatlar tutgan va larzaga tushirilganlar. Hattoki, Payg`ambar va u bilan iymon keltirganlar: «Allohning nusrati qachon bo`ladir?» deganlar. Ogoh bo`linglar, albatta, Allohning nusrati yaqindir. Al-Baqarah 2:214
Tafsir:
Ey moʻminlar, oldingi oʻtgan ummatga kelgan sinov-musibatlar bizga kelmay ham jannatga kiraveramiz, deb oʻylaysizlarmi? Ularga kambagʻallik, kasallik, xavf-xatar shu qadar tang ahvolga olib ketgandiki, hammalari titrab-qaqshab, Allohning yordami tezroq kelishini istab, moʻminlar ham, Paygʻambarning oʻzi ham: "Allohning yordami qachon kelar ekan?", deb qolishgan. Ogoh boʻlinglarki, Allohning yordami Unga iymon keltirganlar va tavakkal qilganlarga juda yaqindir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 213 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 215