Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 212)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 212

زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا ۘ وَالَّذِينَ اتَّقَوْا فَوْقَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَاللَّهُ يَرْزُقُ مَنْ يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ 212 ٢١٢

Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur. (212)

Tafsir
Allohga kufr keltirganlarning koʻziga bu dunyo hayoti va undagi oʻtkinchi lazzatlar chiroyli koʻrinadi, ohanrabodek oʻziga tortadi. Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlarni masxara qiladilar. Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyilgan taqvodorlarning martabalari esa oxiratda ulardan baland boʻladi. Zero, Alloh ularni Adn jannatlariga kiritadi. Alloh Oʻzi istagan bandasiga behisob nematlar ato etadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin