Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 213)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 213

كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ وَأَنْزَلَ مَعَهُمُ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ فِيمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ ۚ وَمَا اخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا الَّذِينَ أُوتُوهُ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۖ فَهَدَى اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا لِمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِهِ ۗ وَاللَّهُ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 213 ٢١٣

Odamlar bir millat edilar. Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi Nabiylarni yubordi va ularga odamlar o`rtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi. U to`g`risida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan so`ng, kimga berilgan bo`lsa, o`shalargina haddan oshib qildilar. Iymon keltirganlarni haq to`g`risida ixtilof qilgan narsalarida Alloh O`z izni ila hidoyatga soladir. Alloh kimni xohlasa, to`g`ri yo`lga boshlaydir. (213)

Tafsir
Odamlar otalarining dini asosida birlashgan bir ummat edilar. Keyin esa shaytonlar ularni yoʻldan ozdirib, moʻmin va kofirga ajraldilar. Shuning uchun Alloh ularga paygʻambarlarni yubordi. Ular itoatgoʻy moʻminlarga jannat haqidagi mujdani, kofirlarga esa Alloh tayyorlab qoʻygan qattiq azob haqidagi shumxabarni yetkazdilar. Paygʻambarlar odamlar oʻrtasidagi ixtiloflarga hakamlik qilishlari uchun, ular bilan birga shak-shubhadan xoli kitoblarni ham nozil qildi. Alloh nozil qilgan Tavrot haqida uning haq ekaniga Alloh tarafidan hujjatlar kelganini biladigan yahudiylar adolatsizlarcha ixtilofga bordilar. Alloh Oʻz izni-irodasi ila moʻminlarni hidoyat bilan zalolatni ajrata olishga muvaffaq qildi. Alloh Oʻzi istagan odamni hech bir qingʻirligi yoʻq toʻgʻri yoʻlga - iymon yoʻliga hidoyat qiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin