Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 214)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 214

أَمْ حَسِبْتُمْ أَنْ تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُمْ مَثَلُ الَّذِينَ خَلَوْا مِنْ قَبْلِكُمْ ۖ مَسَّتْهُمُ الْبَأْسَاءُ وَالضَّرَّاءُ وَزُلْزِلُوا حَتَّىٰ يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَىٰ نَصْرُ اللَّهِ ۗ أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللَّهِ قَرِيبٌ 214 ٢١٤

Sizdan avval o`tganlarga kelganga o`xshash narsa sizlarga kelmasdan turib, jannatga kiramiz, deb o`yladingizmi? Ularni balo va musiybatlar tutgan va larzaga tushirilganlar. Hattoki, Payg`ambar va u bilan iymon keltirganlar: «Allohning nusrati qachon bo`ladir?» deganlar. Ogoh bo`linglar, albatta, Allohning nusrati yaqindir. (214)

Tafsir
Ey moʻminlar, oldingi oʻtgan ummatga kelgan sinov-musibatlar bizga kelmay ham jannatga kiraveramiz, deb oʻylaysizlarmi? Ularga kambagʻallik, kasallik, xavf-xatar shu qadar tang ahvolga olib ketgandiki, hammalari titrab-qaqshab, Allohning yordami tezroq kelishini istab, moʻminlar ham, Paygʻambarning oʻzi ham: "Allohning yordami qachon kelar ekan?", deb qolishgan. Ogoh boʻlinglarki, Allohning yordami Unga iymon keltirganlar va tavakkal qilganlarga juda yaqindir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin