Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 215)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 215

يَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنْفِقُونَ ۖ قُلْ مَا أَنْفَقْتُمْ مِنْ خَيْرٍ فَلِلْوَالِدَيْنِ وَالْأَقْرَبِينَ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ ۗ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ 215 ٢١٥

Sendan nimani nafaqa qilishni so`rarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va vatangadolarga bo`lsin. Qanday yaxshilik qilgan bo`lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt. (215)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, sahobalaringiz sizdan turli mol-dunyolaridan nimalarni infoq-ehson qilishlari haqida soʻraydilar. Aytingki, har bir qilgan yaxshiligingiz, yani, haloldan topgan boyligingiz ota-onaga, ehtiyojlariga qarab yaqin qarindoshlarga, muhtoj yetimlarga, kunini oʻtkaza olmayotgan nochorlarga, yurti va oilasidan yiroqdagi musofirlarga sarflansin. Ey moʻminlar, ozdir, koʻpdir, nima yaxshilik qilsangizlar, hammasini Alloh koʻrib-bilib turadi, biron narsa Undan yashirin qolmaydi. Yaqinda sizlarni qilgan yaxshiliklaringizga yarasha mukofotlaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin