Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 216)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 216

كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌ لَكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَنْ تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ 216 ٢١٦

Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo`lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo`lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz. (216)

Tafsir
Ey moʻminlar, sizlarga Alloh yoʻlida jang qilish farz qilindi. Inson tabiatan urushni yoqtirmaydi. Chunki urushda mol va jon qurbon boʻladi. Lekin sizlar yomon koʻrgan narsa sizlar uchun yaxshilik boʻlishi mumkin. Masalan, Alloh yoʻlida jang qilish sizlarga yoqmasligi mumkin. Ammo bu ishda ulugʻ savobga ega boʻlish, dushmanlar ustidan gʻalaba qozonish, Alloh soʻzini yuksaltirish kabi behisob foydalar bor. Sizlar yaxshi koʻrgan narsa esa sizlar uchun yomon boʻlishi mumkin. Masalan, jangda qatnashmaslik sizlarga yoqishi mumkin. Ammo bu ishda sharmandalik, dushmanlarga qaram boʻlish kabi xorliklar bor. Nima yaxshiyu nima yomonligini Alloh biladi. Sizlar esa bilmaysizlar. Shunday ekan, Allohning buyrugʻiga boʻysuninglar. Zotan, sizlar uchun yaxshilik shu ishdadir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin