Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol bo`lmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh bo`lmas. Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir. (230)
Tafsir
Er uchinchi marta taloq qilganidan keyin qayta yarashishga haqqi boʻlmaydi. Uch marta taloq qilingan ayol boshqa birovga nikohlanib turmush qursa va u turmushi ham buzilsa, undan ham talogʻini olsa yoki eri vafot etsa, u holda oldingi eri bilan qayta nikohlanishi mumkin boʻladi. Shariy hukmlarga rioya qilib, oʻzaro totuv yashab ketishlariga koʻzlari yetsa, albatta. Lekin atayin oldingi eriga qayta nikohlanish uchungina boshqa birovga turmushga chiqib, keyin talogʻini olishi (halola qilinishi) joiz emas. Alloh bu shariy hukmlarni hukm va hudud nimaligini biladigan odamlarga bayon qiladi. Chunki bu hukmlardan foydalanadiganlar ana oʻshalardir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: