Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 230 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 230 • Oʻzbekcha


فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُ مِنْ بَعْدُ حَتَّىٰ تَنْكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ ۗ فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَنْ يَتَرَاجَعَا إِنْ ظَنَّا أَنْ يُقِيمَا حُدُودَ اللَّهِ ۗ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 230
Tarjima:
Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol bo`lmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh bo`lmas. Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir. Al-Baqarah 2:230
Tafsir:
Er uchinchi marta taloq qilganidan keyin qayta yarashishga haqqi boʻlmaydi. Uch marta taloq qilingan ayol boshqa birovga nikohlanib turmush qursa va u turmushi ham buzilsa, undan ham talogʻini olsa yoki eri vafot etsa, u holda oldingi eri bilan qayta nikohlanishi mumkin boʻladi. Shariy hukmlarga rioya qilib, oʻzaro totuv yashab ketishlariga koʻzlari yetsa, albatta. Lekin atayin oldingi eriga qayta nikohlanish uchungina boshqa birovga turmushga chiqib, keyin talogʻini olishi (halola qilinishi) joiz emas. Alloh bu shariy hukmlarni hukm va hudud nimaligini biladigan odamlarga bayon qiladi. Chunki bu hukmlardan foydalanadiganlar ana oʻshalardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 229 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 231