Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 231 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 231 • Oʻzbekcha


وَإِذَا طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ ۚ وَلَا تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًا لِتَعْتَدُوا ۚ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُ ۚ وَلَا تَتَّخِذُوا آيَاتِ اللَّهِ هُزُوًا ۚ وَاذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمَا أَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنَ الْكِتَابِ وَالْحِكْمَةِ يَعِظُكُمْ بِهِ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 231
Tarjima:
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, ularni yaxshilik bilan ushlab qoling yoki yaxshilik bilan qo`yvoring. Ularni tajovuz uchun, zarar yetkazish yuzasidan ushlab turmang. Kim o`shandoq qilsa, shubhasiz, o`ziga zulm qiladi. Allohning oyatlarini hazil bilmang. Allohning sizga bergan ne'matini va va'z etib tushirgan kitobi va hikmatini esda tuting. Allohga taqvo qiling va bilingki, albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir. Al-Baqarah 2:231
Tafsir:
Ayollaringizni taloq qilsangiz va ularning idda muddatlari oxirlab qolsa, yo yaxshilik bilan olib qolinglar va yoki yaxshilik bilan qoʻyib yuboringlar. Johiliyatdagilarga oʻxshab ularga tajovuz qilish va zarar yetkazish uchun olib qolmanglar. Kim shunday qilsa, oʻziga oʻzi zulm qilibdi. Chunki bu ishi bilan u oʻzini oʻzi gunohkor qilib, azobga giriftor etadi. Allohning oyatlari bilan oʻynashib, ularni masxara qilmanglar. Allohning sizlarga ato etgan nematlarini eslanglar. Ularning eng ulugʻi sizlarga Quron va sunnatni nozil qilganidirki, ular orqali sizlarga jannat xushxabarini berdi va sizlarni doʻzaxdan ogohlantirdi. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Bilinglarki, Alloh har narsadan xabardordir, hech narsa U Zotdan yashirin emas va yaqinda sizlarga amallaringizga qarab, jazo yoki mukofotlaringizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 230 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 232