Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 233)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 233

وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَادَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَنْ يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ ۚ وَعَلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفْسٌ إِلَّا وُسْعَهَا ۚ لَا تُضَارَّ وَالِدَةٌ بِوَلَدِهَا وَلَا مَوْلُودٌ لَهُ بِوَلَدِهِ ۚ وَعَلَى الْوَارِثِ مِثْلُ ذَٰلِكَ ۗ فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَنْ تَرَاضٍ مِنْهُمَا وَتَشَاوُرٍ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا ۗ وَإِنْ أَرَدْتُمْ أَنْ تَسْتَرْضِعُوا أَوْلَادَكُمْ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِذَا سَلَّمْتُمْ مَا آتَيْتُمْ بِالْمَعْرُوفِ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 233 ٢٣٣

Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni to`liq ikki yil emizurlar. Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif bo`lmas. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin. Merosxo`rga ham xuddi shundoq. Agar o`zaro rozi bo`lib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh bo`lmas. Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh bo`lmas. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta ko`rib turuvchidir. (233)

Tafsir
Onalar bolalarini toʻla ikki yil emizadilar. Bu hukm emizish muddatini toʻla qilmoqchi boʻlganlar uchun. Taloq qilingan emizikli ayolning nafaqasi, uni yedirib-kiydirish otaning zimmasidadir. Alloh hech kimga toqatidan, imkonidan, quvvatidan ortigʻini yuklamaydi. Ota va ona bolani vosita qilib bir-birlariga zarar berishlari mumkin emas. Ota yoʻq boʻlsa, ayolning taminoti bolaning merosxoʻriga oʻtadi. Agar ota-ona oʻzaro kelishib, maslahatlashib, bolaning manfaatini koʻzlab, ikki yil muddatdan oldin bolani sutdan chiqarmoqchi boʻlsalar, ularga gunoh boʻlmaydi. Agar bolalaringizga onasidan boshqa emizuvchi enaga yollamoqchi boʻlsangiz, unga kelishilgan haqni yaxshilik bilan muddatini oʻtkazib yubormasdan toʻla-toʻkis toʻlab tursangiz, gunohkor boʻlmaysiz. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar. Bilinglarki, Alloh hamma qilgan ishlaringizni koʻrib-bilib turadi. Hech narsa Undan yashirin qolmaydi. Yaqinda qilgan ishlaringizga qarab jazo yoki mukofotlaringizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin