Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 234)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 234

وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا ۖ فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِي أَنْفُسِهِنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 234 ٢٣٤

Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari o`zlaricha to`rt oyu o`n kun kutarlar. Muddatlari yetganda o`zlari haqida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir. (234)

Tafsir
Kimlardir vafot etib, ortidan homilador boʻlmagan ayollari qolsa, toʻrt oyu oʻn kun erning uyidan chiqmasdan, pardoz qilmasdan, boshqa erga tegmasdan turadilar. Muddat tugaganidan keyin mazkur man qilingan ishlardan shariat va urf-odatga zid boʻlmagan tarzda qilsalar, valiylariga gunoh boʻlmaydi. Alloh hamma qilayotgan ishlaringizdan xabardor. Zohirda boʻlsin, botinda boʻlsin, hech narsa U Zotdan yashirin emas. Yaqinda qilgan amallaringizga qarab jazo yoki mukofotinglarni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin