Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 236)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 236

لَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِنْ طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُوا لَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى الْمُوسِعِ قَدَرُهُ وَعَلَى الْمُقْتِرِ قَدَرُهُ مَتَاعًا بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُحْسِنِينَ 236 ٢٣٦

Agar xotinlarga qo`l tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo`lmas. Ularni boy boricha, yo`q holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir. (236)

Tafsir
Nikoh qilgan lekin hali qoʻshilmagan va aniq bir mahr tayin qilmagan ayollaringizni taloq qilsangizlar, ularga mahr berishingiz shart boʻlmaydi. Shikastlangan qalblariga biroz orom boʻlishi uchun koʻnglingizdan chiqarib, biron narsa berib yuborishingiz vojibdir. Bu borada boy yoki kambagʻal holiga qarab ish qiladi. Bu ish hamma ishini puxta bajaradigan muhsinlar boʻynidagi burchdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin