Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 247)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 247

وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ اللَّهَ قَدْ بَعَثَ لَكُمْ طَالُوتَ مَلِكًا ۚ قَالُوا أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ الْمُلْكُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ أَحَقُّ بِالْمُلْكِ مِنْهُ وَلَمْ يُؤْتَ سَعَةً مِنَ الْمَالِ ۚ قَالَ إِنَّ اللَّهَ اصْطَفَاهُ عَلَيْكُمْ وَزَادَهُ بَسْطَةً فِي الْعِلْمِ وَالْجِسْمِ ۖ وَاللَّهُ يُؤْتِي مُلْكَهُ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 247 ٢٤٧

Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi. Ular: «U bizga qayoqdan podshoh bo`lsin. Undan ko`ra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga ko`proq mol ham berilmagan», – dedilar. U: «Albatta, uni Allohning O`zi sizlarga tanladi va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, o`shanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi. (247)

Tafsir
Paygʻambarlari ularga: "Alloh sizlarga Tolutni podshoh qilib tayinladi, uning bayrogʻi ostida jang qilasizlar", dedi. Ulugʻlari bu tanlovga rozi boʻlmay, etiroz bildirishib: "Qanday qilib u bizga podshoh boʻlsin? Podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz-ku. U na podshohzoda boʻlsa va na shohlikka olib boradigan boylikka ega boʻlsa?!", dedilar. Paygʻambarlari: "Uni sizlarga podshoh qilib Allohning Oʻzi tayinladi. Uning ilmiy darajasini ham, jismoniy quvvatini ham ziyoda qildi. Alloh Oʻz hikmati va rahmati ila podshohlikni Oʻzi istagan bandasiga beradi. Alloh fazlu karami keng va nematiga qaysi bandasi haqli ekanini juda yaxshi biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin