Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 249)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 249

فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِالْجُنُودِ قَالَ إِنَّ اللَّهَ مُبْتَلِيكُمْ بِنَهَرٍ فَمَنْ شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّي وَمَنْ لَمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُ مِنِّي إِلَّا مَنِ اغْتَرَفَ غُرْفَةً بِيَدِهِ ۚ فَشَرِبُوا مِنْهُ إِلَّا قَلِيلًا مِنْهُمْ ۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُ هُوَ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ قَالُوا لَا طَاقَةَ لَنَا الْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِ ۚ قَالَ الَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُمْ مُلَاقُو اللَّهِ كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ 249 ٢٤٩

Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qo`li bilan bir ho`plam ho`plasa, mayli», dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan o`tganlarida, ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yo`q», dedilar. Allohga ro`baro` bo`lishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko`p sonli guruhlarga g`olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar. (249)

Tafsir
Tolut lashkarni shahardan olib chiqqach, ularga shunday dedi: "Alloh sizlarni bir daryo bilan sinaydi. Kim undan ichsa, u bilan yoʻlimiz bir emas va u mening safimda jang qilmaydi. Kim ichmasa, u bilan yoʻlimiz bir va u mening safimda jang qiladi. Majbur boʻlib qolganidan qoʻli bilan bir hovuchgina olib ichgan odam bundan mustasno". Lashkarning katta koʻpchiligi undan ichdilar. Oz sonli sabrlilargina oʻta qattiq tashnaliklariga qaramasdan ichmadilar. Tolut moʻminlar bilan birga daryodan oʻtgach, qoʻshindagi ayrim askarlar: "Bu kun Jolut va uning qoʻshiniga bas kela olmaymiz, kuchimiz yetmaydi", dedilar. Ana shunda qiyomat kunida Allohga roʻbaroʻ kelishiga ishonadigan zotlar: "Qancha oz sonli moʻminlar borki, Allohning izni va madadi ila koʻp sonli kofirlardan gʻolib boʻlganlar", dedilar. Yani, gʻalaba uchun muhim omil sonning koʻpligi emas, iymondir. Alloh sabrli bandalari bilan birgadir. Ularni qoʻllab-quvvatlab, nusrat berib turadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin