Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 254)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 254

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِمَّا رَزَقْنَاكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لَا بَيْعٌ فِيهِ وَلَا خُلَّةٌ وَلَا شَفَاعَةٌ ۗ وَالْكَافِرُونَ هُمُ الظَّالِمُونَ 254 ٢٥٤

Ey, iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan na oldi-sotdi, na oshna-og`aynichilik va na shafoatchilik yo`q Kun kelmasdan oldin nafaqa qiling. Va kofirlar — o`shalar zolimlardir. (254)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashganlar, qiyomat kuni kelishidan oldin sizlarga rizq qilib berganimiz halol mollardan infoq-ehson qilib qolinglar. Qiyomat kunida inson foydalanib qolishi mumkin boʻlgan oldi-sotdi ham, qiyinchilik paytida qoʻllab yuboradigan yaqin doʻst ham, zararni daf qilib, foyda keltiradigan biron vositachi ham boʻlmaydi. Faqat Allohning Oʻzi Oʻz xohish-irodasi bilan izn bergan kishigina shafoat qila oladi. Kofirlar Alloh taologa kufr keltirishlari sababli haqiqiy zolimlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin