Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Dinga majbur qilish yo`q. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim tog`utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo`ladi. Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir. (256)
Tafsir
Hech kimni majburlab, zoʻrlab Islom diniga kiritilmaydi. Chunki bu din ochiq koʻrinib turgan haqiqatdirki, majburlashga mutlaqo zarurat yoʻq. Rushdu hidoyat kufru zalolatdan ajralib boʻldi. Allohdan oʻzga barcha soxta mabudlardan yuz oʻgirib, yolgʻiz Allohning Oʻziga iymon keltirgan odam qiyomat kunida najotga olib boradigan eng mustahkam halqani ushlabdi. Alloh bandalarining gap-soʻzlarini eshitib, qilgan ishlarini koʻrib-bilib turadigan Zotdir. Yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: