Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh podshohlik berib qo`ygani sababidan Ibrohim bilan Robbisi haqida hujjat talashganni bilmadingmi? Ibrohim: «Mening Robbim tiriltiradi va o`ldiradi», deganda, u: «Men tiriltiraman va o`ldiraman», – dedi. Ibrohim: «Albatta, Alloh quyoshni Mashriqdan chiqarur, bas, sen uni Mag`ribdan chiqarging-chi», – dedi. Bas, kufr keltirgan lol qoldi. Va, Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas. (258)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Ibrohim alayhissalom bilan Allohning rububiyati va tavhidi borasida mujodala qilgan zolimning hovliqqanini koʻrdingizmi? Nima uchun hovliqqanini bilasizmi? Chunki Alloh unga podshohlikni bergandi va u bosar-tusarini bilmay qolgandi. Ibrohim alayhissalom oldiniga Parvardigorining bir sifatini aytib: "Rabbim xaloyiqni oʻldiradi va tiriltiradi", dedi. Zolim bunga javoban sarkashlik bilan: "Men ham istagan odamimni oʻldiraman, istagan odamimni kechirib yuboraman", dedi. Shunda Ibrohim alayhissalom kattaroq hujjat keltirib: "Alloh quyoshni mashriqdan chiqaradi, sen uni magʻribdan chiqar-chi", dedi. Shu bilan zolim mot boʻldi-qoldi. Hujjat kuchli edi. Magʻlubligini tan olishdan boshqa chora qolmagandi. Alloh zolimlarni zulmi va zoʻravonligi tufayli Oʻzining yoʻliga yoʻllab qoʻymaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: