Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 259)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 259

أَوْ كَالَّذِي مَرَّ عَلَىٰ قَرْيَةٍ وَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا قَالَ أَنَّىٰ يُحْيِي هَٰذِهِ اللَّهُ بَعْدَ مَوْتِهَا ۖ فَأَمَاتَهُ اللَّهُ مِائَةَ عَامٍ ثُمَّ بَعَثَهُ ۖ قَالَ كَمْ لَبِثْتَ ۖ قَالَ لَبِثْتُ يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۖ قَالَ بَلْ لَبِثْتَ مِائَةَ عَامٍ فَانْظُرْ إِلَىٰ طَعَامِكَ وَشَرَابِكَ لَمْ يَتَسَنَّهْ ۖ وَانْظُرْ إِلَىٰ حِمَارِكَ وَلِنَجْعَلَكَ آيَةً لِلنَّاسِ ۖ وَانْظُرْ إِلَى الْعِظَامِ كَيْفَ نُنْشِزُهَا ثُمَّ نَكْسُوهَا لَحْمًا ۚ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُ قَالَ أَعْلَمُ أَنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 259 ٢٥٩

Yoki shiftlari ustiga qulagan qishloqdan o`tgan kishiga o`xshashni ko`rmadingmi? U: «Alloh buni o`limdan keyin qanday tiriltirur?» – dedi. Bas, Alloh uni yuz yil o`ldirdi, so`ngra, qayta tiriltirdi. «Qancha yotding?» – dedi. U: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha yotdim», – dedi. «Balki, yuz yil yotding, taomingga va sharobingga nazar sol, o`zgargani yo`q va eshagingga ham qara. Seni odamlarga ibrat qilish uchun shunday qildik. Va suyaklarga nazar sol, ularni qandoq harakatga solamiz va ularga qandoq go`sht kiygizamiz», – dedi. Unga ravshan bo`lganda: «Albatta, Alloh har bir narsaga qodirligini bildim», – dedi. (259)

Tafsir
Tomlari yiqilib, devorlari agʻanab, aholisi qirilib, oʻzi huvillab qolgan qishloqdan oʻtgan odamni koʻrdingizmi? U hayratlanib: "Alloh bu tugab boʻlgan qishloqni qanday tiriltirar ekan-a", degandi. Shunda Alloh uning oʻzini yuz yil muddatga oʻldirib, qayta tiriltirdi va undan: "Oʻlik holingda qancha turding?", deb soʻradi. U: "Bir kun yo yarim kun", deb javob berdi. Shunda Alloh unga dedi: "Yuz yil turding. Taom va ichimligingga qara, qanday boʻlsa, oʻshandoq turibdi, zarracha oʻzgarmagan. Holbuki, oziq-ovqat eng tez oʻzgaradigan mahsulot. Anavi oʻlib yotgan eshagingga qara, chirib, suyaklari ajrab yotibdi. Endi seni Allohning qayta tiriltirishga qodir ekanini koʻrsatuvchi hujjat-alomat qilishimiz uchun eshagingning sochilib ketgan suyaklarini qanday birlashtirishimizga, keyin ularning ustiga qanday goʻsht qoplashimizga va shu bilan yangi hayot baxsh etishimizga qara". Bularning hammasini koʻrgach, unga haqiqat oydinlashdi va etirof etib: "Alloh har ishga Qodir ekanini bilaman", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin