Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand bo`lsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga o`xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar. (25)
Tafsir
Oldingi oyatda kofirlar doʻzaxdan ogohlantirilgan boʻlsalar, bunisida moʻminlarga - Allohga ishongan va yaxshi ishlarni qilgan kishilarga jannat xushxabari berilyapti. Jannatki, qasrlari va daraxtlari ostidan anhorlar oqib turadi. Bir mevasini yeganlarida, xuddi shunaqasini oldin ham yegan edik, deb qoladilar. Chunki ular dunyo mevalariga juda oʻxshab ketadi. Oʻzlariga oldindan tanish boʻlgan mevani koʻrgandek ishtahalari ochilishi uchun shakli va nomi bir-biriga oʻxshagan, tami va mazasi esa har xil boʻlgan mevalar taqdim qilinadi. Ularga jannatda odam ijirgʻanadigan, tabi koʻtarmaydigan har qanday kirlikdan pok boʻlgan juftlar ato etiladi. Bunday kirliklar shu dunyogagina xosdir. Bu dunyo nemati oʻtkinchi boʻlsa, u dunyo nemati boqiydir. Ular ana shunday boqiy nemat ichida umrguzaronlik qiladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: