Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 264)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 264

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُبْطِلُوا صَدَقَاتِكُمْ بِالْمَنِّ وَالْأَذَىٰ كَالَّذِي يُنْفِقُ مَالَهُ رِئَاءَ النَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۖ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌ فَأَصَابَهُ وَابِلٌ فَتَرَكَهُ صَلْدًا ۖ لَا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَيْءٍ مِمَّا كَسَبُوا ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ 264 ٢٦٤

Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga o`xshab, bekorga ketkazmang. U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga o`xshaydir. Bas, kuchli yomg`ir yog`sa, silliq bo`lib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir bo`lmaslar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas. (264)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashganlar, odamlarga koʻrsatish va ulardan maqtov eshitish uchun ehson qiladigan, oʻzi esa Allohga ham, Qiyomat kuniga ham, u kunda boʻladigan mukofotu jazoga ham ishonmaydigan kofirga oʻxshab, birovga sadaqa berib, ortidan minnat qilib, ozor berib, bergan sadaqalaringizni yoʻqqa chiqarmang! Uning misoli xuddi bir ustini chang-tuproq qoplagan silliq toshga oʻxshaydiki, unga sharros quygan yomgʻir tegib, haligi chang-tuproqni yuvib yuborgan-da, oʻzini qattiq-silliq toshligicha qoldirgan. Xuddi shunga oʻxshab, riyokorlar ham qilgan amallariyu sadaqalarining savoblarini puchga chiqaradilar-da, Allohning oldiga olib boradigan hech narsalari qolmaydi. Alloh kofirlarni Oʻzi rozi boʻladigan hamda qilgan amallariyu infoq-ehsonlari asqotadigan ishlarga boshlamaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin