Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Mollarini Allohning roziligini istab, o`zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa o`xshaydir. Unga qattiq yomg`ir yog`sa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomg`ir yog`masa, maydalab yoqqani ham bo`laveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni ko`rib turuvchi Zotdir. (265)
Tafsir
Mollarini Allohning rizoligini istab va Allohning vadasiga aniq ishonib, sidqidildan sarflaydigan moʻminlar misoli xuddi baland hosildor joydagi boʻstonga oʻxshaydi. Unga sharros yomgʻir quysa, hosili moʻl boʻladi. Savalab quyadigan yomgʻir boʻlmasa, sevalab yoqqan yomgʻir ham yeri unumdor boʻlgani uchun kifoya qilaveradi. Ixlos bilan sarflaydigan kishilarning infoq-ehsonlarini ham Alloh qabul qilib, oʻzi oz boʻlsa-da, ajrini moʻl qilib beradi. Alloh sizlarning qilayotgan ishlaringizni koʻrib-bilib turadi. Kim ixlos bilan qilyapti, kim riyo uchun qilyapti, hammasidan xabardor, biron ish U Zotdan yashirin qolmaydi va yaqinda hammaga qilgan ishiga yarasha jazo yoki mukofotini beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: