Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bog`i bo`laturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga o`tli bo`ron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa O`z oyatlarini bayon qilur, shoyadki, fikr yuritsangiz. (266)
Tafsir
Birontangiz ostidan daryolar oqib turadigan, xurmoyu uzumlari pishib turgan, turli xil mevalarga boy bogʻi boʻlib, keksayib hech ish qoʻlidan kelmaydigan paytida oʻzidek nimjon, zaif bolalari bilan qolganida bogʻini oʻtli boʻron urib, hammasi yonib, kultepaga aylanishini istaydimi?! Notavon oʻzi va nimjon bolalari eng muhtoj boʻlib turgan bir paytida-ya?! Molini riyokorlik bilan sarflaydigan odamning ahvoli mana shunday boʻladi. Qiyomat kunida - mazkur qariyadek bir savobga eng muhtoj boʻlib turgan bir paytida Alloh taologa quruq qoʻl bilan yoʻliqadi. Alloh sizlarga dunyo va oxiratingiz uchun foydali boʻlgan oyatlarini mana shunday bayon qiladi. Shoyadki, fikr yuritsangizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: