Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U kimni xohlasa, o`shanga hikmatni berar. Kimga hikmat berilsa, unga ko`p yaxshilik berilgan bo`lar. Faqat aql egalarigina eslarlar. (269)
Tafsir
Alloh taolo hikmatni, yani, gap-soʻzda ham, amalda ham eng toʻgʻri yoʻldan bora olishni Oʻzi istagan bandasigagina ato etadi. Kimga bu nemat ato etilgan boʻlsa, demak, u juda koʻp yaxshilikka noil boʻlibdi. Allohning oyatlaridan Allohning nuridan bahra olib munavvar boʻlgan va hidoyati ila toʻgʻri yoʻlni topgan komil aql egalarigina ibrat-nasihat oladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: