Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 270)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 270

وَمَا أَنْفَقْتُمْ مِنْ نَفَقَةٍ أَوْ نَذَرْتُمْ مِنْ نَذْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ يَعْلَمُهُ ۗ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنْصَارٍ 270 ٢٧٠

Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh albatta biladir. Zolimlarga yordamchilar yo`qdir. (270)

Tafsir
Allohning roziligini istab, ozdir, koʻpdir infoq-ehson qilsangiz yoki koʻngilli boʻlib Alloh uchun biron savob ishni nazr qilsangiz, Alloh hammasini koʻrib-bilib turadi va biron amalingizni zoye qilmaydi. Yaqinda qilgan yaxshi amalingiz uchun ulugʻ ajrlar beradi. Koʻngilli boʻlish u yoqda tursin, hatto boʻynidagi vazifasini ham bajarmaydigan, Allohning hududlaridan oshgan zolimlarga esa qiyomat kunida azobdan qutqarib qoladigan yordamchilar topilmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin