Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o`z foydangizga. Qilgan nafaqangiz faqat Allohning yuzini istash uchundir. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o`zingizga to`laligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmas. (272)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ularni hidoyatga boshlash, haqiqatni tan oldirish va unga ergashtirish sizning zimmangizdagi burchingiz emas. Sizning vazifangiz haqiqatni tanishtirish va unga yoʻllab qoʻyish, xolos. Tavfiq va hidoyat Allohning qoʻlidadir. U Zot Oʻzi istagan odamni hidoyat qiladi. Qanday yaxshilikni infoq-ehson qilsangizlar, hammasi oʻzingizning foydangiz uchundir. Chunki Alloh sizning ehsoningizga muhtoj emas. Qilayotgan ehsoninglar xolis Alloh uchun boʻlsin. Zero, haqiqiy moʻminlar yolgʻiz Allohning roziligini istab infoq-ehson qiladilar. Ozmi, koʻpmi, qilgan ehsoninglarning savobini toʻla-toʻkis olasizlar. Chunki Alloh hech kimga zulm qilmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: