Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 273)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 273

لِلْفُقَرَاءِ الَّذِينَ أُحْصِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ ضَرْبًا فِي الْأَرْضِ يَحْسَبُهُمُ الْجَاهِلُ أَغْنِيَاءَ مِنَ التَّعَفُّفِ تَعْرِفُهُمْ بِسِيمَاهُمْ لَا يَسْأَلُونَ النَّاسَ إِلْحَافًا ۗ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ 273 ٢٧٣

(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yo`lida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir bo`lmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb o`ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so`ramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir. (273)

Tafsir
Infoq-ehsoningizni Allohning yoʻlida jihod qilayotgani tufayli tirikchilik qilishga vaqt topa olmayotgan, rizq talabida biron joyga borolmayotgan, birovdan narsa soʻrashdan qanoat qilishni afzal bilgani sababli nodonlar koʻzlariga boy koʻrinayotgan, diqqat-etibor bilan qaragan odamgina ularning ahvoli va kiyimlaridan muhtojligini bila oladigan, boshqa faqir-kambagʻallarga oʻxshab, tilanchilik bilan oyoq tirab turib olmayotgan faqirlarga qilingiz. Mol bilan boʻladimi, boshqa bilanmi, nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni koʻrib-bilib turibdi va yaqinda sizlarga juda katta mukofot beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin