Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 273 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 273 • Oʻzbekcha


لِلْفُقَرَاءِ الَّذِينَ أُحْصِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ ضَرْبًا فِي الْأَرْضِ يَحْسَبُهُمُ الْجَاهِلُ أَغْنِيَاءَ مِنَ التَّعَفُّفِ تَعْرِفُهُمْ بِسِيمَاهُمْ لَا يَسْأَلُونَ النَّاسَ إِلْحَافًا ۗ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ بِهِ عَلِيمٌ 273
Tarjima:
(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yo`lida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir bo`lmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb o`ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so`ramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir. Al-Baqarah 2:273
Tafsir:
Infoq-ehsoningizni Allohning yoʻlida jihod qilayotgani tufayli tirikchilik qilishga vaqt topa olmayotgan, rizq talabida biron joyga borolmayotgan, birovdan narsa soʻrashdan qanoat qilishni afzal bilgani sababli nodonlar koʻzlariga boy koʻrinayotgan, diqqat-etibor bilan qaragan odamgina ularning ahvoli va kiyimlaridan muhtojligini bila oladigan, boshqa faqir-kambagʻallarga oʻxshab, tilanchilik bilan oyoq tirab turib olmayotgan faqirlarga qilingiz. Mol bilan boʻladimi, boshqa bilanmi, nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni koʻrib-bilib turibdi va yaqinda sizlarga juda katta mukofot beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 272 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 274