Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 276)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 276

يَمْحَقُ اللَّهُ الرِّبَا وَيُرْبِي الصَّدَقَاتِ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ 276 ٢٧٦

Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko`rmas. (276)

Tafsir
Alloh sudxoʻrlik bilan topilgan boylikni barbod qiladi. Bevosita oʻsha boylikning oʻziga talafot yetkazishi ham mumkin yoki bilvosita undan barakani olib qoʻyishi ham mumkin. Ixlos bilan qilingan sadaqalarni esa savobini moʻl qilish bilan oʻstiradi, koʻpaytiradi. Bir yaxshilikning savobi oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻp boʻladi. Shu bilan birga Alloh sadaqa qiluvchilarning mol-dunyosiga baraka beradi. Alloh gunohlar loyiga botib, haromni halol qilib oladigan sarkash kofirni yaxshi koʻrmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin