Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 276 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 276 • Oʻzbekcha


يَمْحَقُ اللَّهُ الرِّبَا وَيُرْبِي الصَّدَقَاتِ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ 276
Tarjima:
Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko`rmas. Al-Baqarah 2:276
Tafsir:
Alloh sudxoʻrlik bilan topilgan boylikni barbod qiladi. Bevosita oʻsha boylikning oʻziga talafot yetkazishi ham mumkin yoki bilvosita undan barakani olib qoʻyishi ham mumkin. Ixlos bilan qilingan sadaqalarni esa savobini moʻl qilish bilan oʻstiradi, koʻpaytiradi. Bir yaxshilikning savobi oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻp boʻladi. Shu bilan birga Alloh sadaqa qiluvchilarning mol-dunyosiga baraka beradi. Alloh gunohlar loyiga botib, haromni halol qilib oladigan sarkash kofirni yaxshi koʻrmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 275 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 277