Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar. Al-Baqarah 2:277 ⧉
Tafsir:
Allohga iymon keltirgan, paygʻambariga ergashgan, yaxshi amallar qilgan, namozni shariatda koʻrsatilgandek toʻla-toʻkis ado etgan va mollaridan haqdorlar uchun zakot berganlarning savobi Parvardigorlari huzuridadir. Ular uchun kelajakda - oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq, bu dunyoda qoʻldan chiqarib yuborgan narsalariga esa xafa boʻlmaydilar.