Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 277)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 277

إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ 277 ٢٧٧

Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar. (277)

Tafsir
Allohga iymon keltirgan, paygʻambariga ergashgan, yaxshi amallar qilgan, namozni shariatda koʻrsatilgandek toʻla-toʻkis ado etgan va mollaridan haqdorlar uchun zakot berganlarning savobi Parvardigorlari huzuridadir. Ular uchun kelajakda - oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq, bu dunyoda qoʻldan chiqarib yuborgan narsalariga esa xafa boʻlmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin