Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Agar safarda bo`lsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qo`lga olinadigan garov bo`lsin. Agar ba'zingiz ba'zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga — Robbiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi Zotdir. (283)
Tafsir
Safarda boʻlib, qarz vasiqasini yozishga kotib topa olmasangizlar, qarz olayotgan odam uni berayotgan odamga biror narsani garov qoʻyishi kifoya qiladi. Qoʻygan garovi to qarzini qaytargunicha kafil boʻlib turadi. Agar bir-birlaringizga qattiq ishonsangizlar, yozish ham, guvoh chaqirish ham, garovga narsa qoʻyish ham shart boʻlmaydi. U paytda qarz qarzdorning boʻyniga omonatga aylanadi va u Allohdan taqvo qilib, omonatga biron shikast yetkazmasdan egasiga qaytarishi vojib boʻladi. Qarzdor qarzidan tonsa, guvoh guvohligini qilishi shart. Guvohlik qilishdan bosh tortib, boʻlgan qarz muomalasini yashirgan odam qalbi buzuq, gunohkor, osiydir. Alloh qilgan ishlaringizni koʻrib-bilib turguvchidir. Hech narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: