Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 284)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 284

لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَإِنْ تُبْدُوا مَا فِي أَنْفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُمْ بِهِ اللَّهُ ۖ فَيَغْفِرُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيُعَذِّبُ مَنْ يَشَاءُ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 284 ٢٨٤

Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir. Va kimni xohlasa, mag`firat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir. (284)

Tafsir
Osmonlaru yerdagi hamma narsa Allohning xalqi, Allohning mulki, Allohning tadbiridir. Qalblaringizdagi narsani oshkor qilasizlarmi yo yashirasizlarmi, hammasini Alloh koʻrib-bilib turibdi va yaqinda oʻshanga yarasha hisob-kitob qiladi. Shundan keyin Oʻzi istagan bandasini fazlu marhamat koʻrsatib kechirib yuboradi, istagan bandasini adlu hikmatini namoyon qilib azoblaydi. Alloh har ishga Qodir Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin