Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, so`ngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar. (28)
Tafsir
Ey kofirlar, qilayotgan ishlaringiz juda qiziq-ku! Allohni qanday inkor qilasizlar? Axir U Zotning qudratini oʻz jisminglarda koʻrib turibsizlar-ku! Yoʻq edinglar. Sizlarni yoʻqdan bor qildi, tananglarga jon kiritdi. Keyin u jonni yana oladi. Keyin sizlarni qayta tiriltiradi. Keyin U Zotga qaytasizlar va qilgan amallaringizning hisobini berasizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: