Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 32

قَالُوا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ 32 ٣٢

Ular: «O`zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo`q. Albatta, Sening O`zing biluvchisan va hikmatli Zotsan», – dedilar. (32)

Tafsir
Farishtalar oʻz nuqsonlarini tan olib, hamma fazl Allohniki ekanini etirof etib, Pok Parvardigoro, Sening hukming va shariatingga etiroz bildirishga haddimiz sigʻmaydi, chunki Ulugʻsan va har qanday nuqsondan poksan, bizga Oʻzing oʻrgatganingdan boshqa narsani bilmaymiz, hamma-hamma narsani biladigan, hamma ishni hikmat bilan joy-joyiga qoʻyib qiladigan zot Oʻzingsan, deyishdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin