Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 36

فَأَزَلَّهُمَا الشَّيْطَانُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ۖ وَقُلْنَا اهْبِطُوا بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِي الْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَاعٌ إِلَىٰ حِينٍ 36 ٣٦

Shayton ularni undan ozdirdi va bo`lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Ba'zingiz ba'zingizga dushman bo`lib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik. (36)

Tafsir
Shayton ularni tinimsiz vasvasa qilaverdi. Oxiri ular yoʻldan ozib, Alloh man qilgan daraxtdan tanovul qildilar. Buning jazosi oʻlaroq, oʻzlari yashayotgan joylaridan - jannatdan quvildilar. Alloh ularga va shaytonga: "Yerga tushinglar, endi sizlar bir-biringizga dushmansiz va to ajalingiz yetib, qiyomat qoim boʻlguniga qadar uni maskan tutib yashaysiz, undagi nematlardan bahramand boʻlasiz", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin